35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
Muqimiy shaharchasidagi obodonlashtirish ishlari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva, Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati hamda Qo‘qon shahar hokimi M.Umonov, Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov va tegishli mas’ullar ishtirokida Muqimiy shaharchasi hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari muhokama qilindi.

Muhokama davomida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, mavjud muammolar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, shaharcha hududining sanitariya holatini yaxshilash, ichki hududlarni tartibga keltirish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda aholi uchun qulay va munosib yashash muhitini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mas’ullar ishtirokida amalga oshirilayotgan ishlarning bugungi holati muhokama qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Muhokama yakunida Muqimiy shaharchasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini izchil davom ettirish, hududdagi mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib borish yuzasidan kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6