35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O'zXDP a'zosi Shaxnoza Umarova Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Sho‘rtepa” mahallasida saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ishtirok etib, hudud aholisi tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflarni bevosita o‘rgandi.

Uchrashuvda O‘zbekiston XDP partiyasi vakillari, mahalla raisi, “mahalla yettiligi” a’zolari, nuroniylar hamda faol fuqarolar ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatayotgan masalalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, ayrim bolalar maydonchalarini ta’mirlash hamda hududdagi qurigan daraxtlar shoxlarini bartaraf etilishni so‘rashgan.

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining 24 ta muhim yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalaridan kelib chiqib, hududdagi ichki ko‘chalar va piyodalar yo‘laklari holati, yo‘l harakati xavfsizligi, jamoat tartibi, aholi bandligi, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar, sanitariya-obodonlashtirish hamda mahalla infratuzilmasiga oid masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, aniqlangan kamchiliklar va hududni yanada yaxshilashga qaratilgan takliflar “Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftari”ga qayd etilib, ularni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda manzilli hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3