Xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashi deputati D.Asadullayev "Bog'ko'cha" mahalla fuqarolar yig'inida mahalla fuqarolari murojaatlariga asosan fuqarolar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda mahalla fuqarolar yig'ini raisi, mahalla faollari, ko'p qavatli uy boshliqlari hamda murojaat kiritgan fuqarolar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan quyidagi masalalar ko'tarildi:
🔹 2-uy, 2-yo'lakdagi liftni almashtirish;
🔹 1, 3, 7, 8 va 17-uylar atrofini obodonlashtirish;
🔹 4-uy oldidagi transformator punktini hamda elektr simlarini tartibga keltirish.
Ko'tarilgan masalalar bo'yicha tuman hokimligi mas'ul xodimlariga tegishli murojaatlar kiritilgan bo'lib, ularning ijrosi deputat tomonidan to'liq nazoratga olinishi ma'lum qilindi.
Deputat tomonidan aholi murojaatlarini o'z vaqtida o'rganish va hal etishni doimiy e'tiborda qaratib kelmoqda.