35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
5-maktab yangi o‘quv yiliga tayyormi?
#sessiya_oldi_masala
#ekspert_guruhi
#tavsiyalar
#yoshlar_maslahat_guruhi
#deputatlik_nazorati

5-maktab yangi o‘quv yiliga tayyormi?

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Mavlonov tomonidan deputat faoliyatiga mas’ul bosh mutaxassis Z. Temirova ishtirokida 5-umumta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni joyiga chiqib o‘rganildi.

Mazkur masala Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan bo‘lib, sessiya oldidan maktabdagi tayyorgarlik holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Ayniqsa, birinchi sinfga qadam qo‘yadigan jajji o‘quvchilar uchun Prezident sovg‘alari allaqachon maktabga yetkazib berilgani quvonchli yangilik sifatida qayd etildi.

Bu sovg‘alar bolajonlarning maktabdagi ilk kunlarini yanada unutilmas va ko‘tarinki ruhda boshlashlariga xizmat qiladi.

Yangi o‘quv yili ostonasida — bilimga intilish, katta orzular va yangi marralar sari ilk qadamlar!

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash