35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Urazbayev, doimiy komissiya raislari hamda siyosiy partiyalarning tuman Kengashidagi guruh rahbarlari ishtirokida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qonunning mazmun-mohiyati
янв.21
#Haftalik_dayjest (2026-yil 2-5-sentabr kunlari)
янв.21
Amudaryodagi markaziy stadion rekonstruksiyasi o‘rganildi
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Sessiya oldi o‘rganish
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ekologik barqarorlik va atrof-muhit muhofazasi yo‘lida amaliy hamkorlik
янв.21
Deputat va Madat NNT vakili aholi muammolarini o‘rgandi
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov va mahalla yettili bilan hamkorlikda tumanning “Bog‘chaovul” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

🔻Qabulda mahalla fuqarolari tomonidan ichimlik suvi va elektr ta’minoti, ichki yo‘llarni ta’mirlash, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, qattiq maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, yer va kadastr masalalari hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlardagi bir qator murojaatlar bildirildi.

🔻Deputat har bir murojaatni alohida tinglab, ularning mazmun-mohiyatini atroflicha o‘rgandi. Ayrim masalalar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va moliyaviy mablag‘ talab etadigan murojaatlar ijrosini ta’minlash uchun mutasaddi tashkilotlarga yuborilishi belgilandi.

Slide 1 of 1