35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Urazbayev, doimiy komissiya raislari hamda siyosiy partiyalarning tuman Kengashidagi guruh rahbarlari ishtirokida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qonunning mazmun-mohiyati
янв.21
#Haftalik_dayjest (2026-yil 2-5-sentabr kunlari)
янв.21
Amudaryodagi markaziy stadion rekonstruksiyasi o‘rganildi
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Sessiya oldi o‘rganish
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ekologik barqarorlik va atrof-muhit muhofazasi yo‘lida amaliy hamkorlik
#Qonun_targ‘iboti

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 3-Gilambob saylov okrugi deputati Mavlonova Ra’no tomonidan Xomkon mahallasidagi 28-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida qonunlar targ‘iboti doirasida tadbir o‘tkazildi.Tadbir davomida “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati, O‘RQ-393-son Qonunning asosiy talablari hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashdagi muhim jihatlar haqida tushuntirishlar berildi.

Xususan, sanitariya qoidalariga rioya qilish, sog‘lom va xavfsiz muhitni ta’minlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish, shuningdek, fuqarolarning sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash borasidagi huquq va majburiyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Targ‘ibot tadbirida ishtirokchilarning mazkur qonun yuzasidan fikr va mulohazalarni tinglab ularga tegishli tushuntirishlar berildi.

Bunday huquqiy targ‘ibot tadbirlari aholining huquqiy bilim va madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1