35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Aholi muammolari va obodonlashtirish masalalari o`rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI: AHOLI MUAMMOLARI DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
#deputat_hududlarda

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 6-Mirzayon saylov okrugidan saylangan deputat G‘. Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov tomonidan Mirzayon mahallasida elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida aholi xonadonlarini elektr energiyasi bilan barqaror va sifatli ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔹Mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va elektr ta’minotida uzilishlarning oldini olish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish tavsiya etildi.
🔹Shuningdek, tumanda elektr energetikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 7 avgustdagi «Elektr energetikasi to‘g‘risida»gi O‘RQ-939-son Qonuni ijrosini ta’minlash, belgilangan talablarga rioya etish va aholiga sifatli elektr energiyasi yetkazib berishni yanada yaxshilash maqsadga muvofiqligi bildirildi.
🔹Deputatlik nazorati doirasida bunday o‘rganishlar aholi muammolarini joyida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3