35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
“Guliston” mahallasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi
Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyat mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar 16-“Guliston” saylov okrugi deputati F.Homidov okrugiga qarashli “Guliston” mahallasida bo‘lib, hududdagi profilaktika inspektorining jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda aholi xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish davomida mahalladagi mavjud kriminogen vaziyat, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan individual ishlash, oilaviy va ijtimoiy muammolarni aniqlash hamda ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish holati tahlil qilindi.

Shuningdek, profilaktika inspektorining mahalla raisi va “mahalla yettiligi” a’zolari, ta’lim muassasalari, boshqa mutasaddi tashkilotlar hamda fuqarolar bilan hamkorligi, aholining murojaatlarini o‘rganish va muammolarni manzilli hal etish borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur deputatlik nazorati 24 ta mezon asosida tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-371-son Qonuni talablari asosida olib borildi.

O‘rganish jarayonida hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligini oshirish, profilaktik hisobda turuvchi hamda nazoratga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash, muammoli oilalar bilan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Deputatlar tomonidan mahallada osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolarning xavfsizligini mustahkamlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishda profilaktika inspektori, mahalla faollari va mas’ul tashkilotlarning hamkorligini yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.