Hududdagi kanalizatsiya muammosi joyiga chiqib o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov, 5-Uchqizil saylov okrugi deputati Sh. Norsayev hamda Kengash mutaxassisi K. Abdullayeva Uchqizil MFY raisi bilan birgalikda hududdagi muammoli masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahalla hududidagi mavjud infratuzilma holati ko‘zdan kechirildi. Jumladan, Uchqizil MFYda kanalizatsiya tarmog‘ining mavjud emasligi hududning asosiy muammolaridan biri ekani aniqlandi. Mazkur holat aholi uchun noqulayliklar tug‘dirayotgani qayd etilib, muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilib, ularning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha mas'ullarga tegishli vazifalar belgilandi.