35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Aholi muammolari va obodonlashtirish masalalari o`rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI: AHOLI MUAMMOLARI DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
Ichimlik suvi ta’minoti masalasi o‘rganildi

Ichimlik suvi ta’minoti masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Egamqulova va bosh mutaxassis D.Shakarboyev tomonidan A.Navoiy MFY Shifokorlar ko‘chasida ko‘cha boshisi N.Yuldasheva bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida ko‘chadagi mavjud muammolar va fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida Shifokorlar ko‘chasida jami 70 ta xonadon mavjudligi, shundan atigi 24 ta xonadonda ichimlik suvi mavjud, qolgan 46 ta xonadonda esa ichimlik suvi ta’minoti yo‘qligi ma’lum qilindi. Mazkur holat ko‘cha aholisiga jiddiy noqulaylik tug‘dirayotgani ta’kidlandi.

Ko‘cha boshisi N.Yuldasheva tomonidan ushbu muammoni ijobiy hal etish, xususan, ichimlik suvi ta’minoti mavjud bo‘lmagan xonadonlarga suv yetkazib berish masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qilindi. Deputatlar tomonidan murojaatni o‘rganish va tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda muammoni hal etish choralarini ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 3