35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI

AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI

✅ Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudayqulova Nargiza G‘aybullaevna tomonidan 3-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sifati, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayoni hamda murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi.

👩‍⚕️ Shuningdek, tibbiyot xodimlarining faoliyati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi va aholiga sifatli hamda qulay tibbiy xizmat ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul xodimlar bilan fikr almashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🤝 Aholi manfaatlarini ta’minlash, murojaatlarni joyida o‘rganish va ijtimoiy sohadagi muammolarni hal etish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 5