35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
QONUN IJROSI O‘RGANILDI

 QONUN IJROSI O‘RGANILDI  

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M. Ahmadalieva tomonidan
tuman Kengashi doimiy komissiyalari faoliyati doirasida o‘ziga biriktirilgan
tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining o‘quvchilar bilimini baholash,
tahlil qilish hamda pedagoglarni kasbiy sertifikatlashni muvofiqlashtirish
sho‘basida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonunining bajarilishi o‘rganildi.
 

O‘rganish davomida o‘quvchilar bilimini baholash va tahlil qilish
jarayonlarining belgilangan tartibda tashkil etilishi, baholash mezonlariga
rioya qilinishi hamda pedagoglarni kasbiy sertifikatlash jarayonlarini
muvofiqlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, ta’lim sifati va pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirishga
qaratilgan chora-tadbirlarga e’tibor qaratildi.
 

O‘rganish natijasida aniqlangan masala va kamchiliklar yuzasidan
mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi. O‘quvchilar bilimini xolis
va adolatli baholash, pedagoglarni kasbiy sertifikatlash jarayonlarini samarali
tashkil etish hamda qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha zarur
choralarni ko‘rish tavsiya etildi.