35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Aholi muammolari va obodonlashtirish masalalari o`rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI: AHOLI MUAMMOLARI DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
EKOLOGIK TARG‘IBOT VA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
DEPUTAT AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANIB, OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARINI OLIB BORMOQDA
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja
#Kengash_raisi
#kotibiyat_mudiri
#kotibiyat_xodimi
#24_ta_masala

🇺🇿Mustaqillik bayrami arafasida “Mustaqillik” ko’chasining yangi qiyofasi Bandixonliklarga munosib tuhfa bo’ldi!

Bandixonda infratuzilma taraqqiyoti – xalq farovonligi yo'lidagi amaliy qadam!

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi E.Jurayev ,
Kotibiyat mudiri A.Pardayev, hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonovlar tomonidan Bandixon MFY hududidagi "Mustaqillik" ko'chasida amalga oshirilgan keng ko'lamli bunyodkorlik va infratuzilmani rivojlantirish ishlari joyiga chiqib o'rganildi.

Tashrif davomida ko'chada bajarilgan asfalt qoplamasi ishlari, yo'l infratuzilmasining sifati, obodonlashtirish va hududning zamonaviy qiyofaga keltirilishi atroflicha ko'zdan kechirilib, amalga oshirilgan ishlarning belgilangan me'yor va talablar asosida bajarilgani yuzasidan nazorat olib borildi.

Bugungi kunda "Mustaqillik" ko'chasi zamonaviy yo'l infratuzilmasiga ega, qulay va xavfsiz maskanga aylanishi natijasida nafaqat transport qatnovi yengillashdi, balki mahalla aholisi uchun munosib yashash sharoitlari yaratildi.

Sifatli yo'l tarmog'i hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiluvchi eng muhim infratuzilma omillaridan biri bo'lib, fuqarolarning kundalik hayotida qulaylik va farovonlikni ta'minlamoqda.

Mazkur bunyodkorlik ishlari Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Bandixon ahli uchun munosib bayram tuhfasi bo'ldi. Bu kabi ezgu ishlar yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, hududlarni kompleks rivojlantirish hamda aholi turmush sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan davlat siyosatining amaliy natijasidir.

Bandixon tumanida zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, yo'l-transport tizimini takomillashtirish, mahallalarni obod va fayzli maskanlarga aylantirish hamda xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo'lidagi bunyodkorlik ishlari bundan buyon ham izchil davom ettiriladi.

Obod mahalla – mustahkam infratuzilma, sifatli yo'llar va farovon hayot demakdir!

Slide 1 of 5