35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Aholi muammolari va obodonlashtirish masalalari o`rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI: AHOLI MUAMMOLARI DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
Birgina svetofor — ko‘pchilikning xavfsizligi!
#deputatlik_so‘rovi
#murojaat
#deputatlik_nazorati

Birgina svetofor — ko‘pchilikning xavfsizligi!

Buxoroyi Sharif MFYdan saylangan deputat S. Xamrayevga Amir Temur ko‘chasida yashovchi fuqarolardan 3-son maktab oldidagi svetoforni ishga tushirish bo‘yicha murojaat kelib tushdi.

E’tiborli jihati shundaki, bu shunchaki svetofor masalasi emas. Gap maktab oldidagi yo‘lda har kuni harakatlanadigan bolalar, ota-onalar va piyodalar xavfsizligi haqida bormoqda.

Murojaat deputatning muammolarni qayd etish daftariga kiritildi. Muammoning ijobiy yechimini ta’minlash maqsadida XALQ DEPUTATLARI VILOYAT, TUMAN VA SHAHAR KENGASHI DEPUTATINING MAQOMI TO‘G‘RISIDAgi qonuniga asosan tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi chiqariladi.

Deputat faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kotibiyat bosh mutaxassisi Z. Temirova tomonidan deputatga murojaatni tegishli tartibda rasmiylashtirish va masalani ijobiy hal etishga qaratilgan faoliyatida amaliy yordam ko‘rsatildi.

Murojaat eshitildi, muammo nazoratga olindi, yechim sari amaliy qadam tashlandi!

Deputatlik faoliyati — muammoni qayd etish emas, uning yechimiga erishishdir!

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 3