35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Aholi muammolari va obodonlashtirish masalalari o`rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI: AHOLI MUAMMOLARI DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
#obodlik #tashabbus

Obodlik va tozalik — qalbimiz va xonadonimiz sofligidan boshlanadi. Hududlarni ozoda va obod tutish esa nafaqat burch, balki har birimizning vijdoniy ishidir.
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan 1-okrug deputati Faxriddin Matasimov tashabbusi bilan ushbu yoʻnalishda navbatdagi amaliy va xayrli ishlarga qoʻl urildi.
📌 Saylov hududini obodonlashtirish hamda aholi uchun qulay va ozoda muhit yaratish maqsadida keng koʻlamli tozalash ishlari tashkil etildi.
🔹Hududdagi qabriston hududi chiqindi hamda yovvoyi oʻtlardan toʻliq tozalandi.
🔹Ichki hamda markaziy koʻchalar tartibga keltirilib, toza va shinam holatga keltirildi.
🔹Deputat tomonidan shaxsiy koʻmak asosida maxsus texnikalar jalb etilib, yigʻilgan barcha chiqindi hamda chiqitlar hududdan olib chiqib ketilishi ta'minlandi.

"Deputat va mahalla hamkorligi — muammolarga tezkor hamda samarali yechim topishning eng mustahkam poydevoridir."

Ushbu amaliy harakat "Mahalla yettiligi" va mahalla faollari bilan birgalikda va hamjihatlikda amalga oshirildi. Bunday jipslik va mas'uliyat hududlarimizda nafaqat tozalik va obodonlikni, balki aholi kayfiyatida shukronalik va ertangi kunga boʻlgan ishonchni mustahkamlaydi.

Slide 1 of 6