35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

9-BAND IJROSI: BEPUL DORILAR BILAN TA’MINLANISH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 9-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat F.Islomova tomonidan tumandagi dorixonalarda aholiga bepul berilishi belgilangan dori vositalari bilan ta’minlanish holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida dorixonalarda imtiyozli toifadagi fuqarolar uchun bepul beriladigan dori vositalarining mavjudligi, ularning belgilangan tartibda aholiga yetkazib berilishi hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
📋 Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berilib, aholining qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan to‘liq foydalanishini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 2