35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

10-BAND IJROSI: Bozordagi mahsulotlar narxi va yetarliligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALARning 10-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N. Allayorova tomonidan tuman Dehqon bozorida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida bozorda aholi iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi hamda savdo rastalaridagi holat ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, aholining kundalik ehtiyojlari uchun zarur mahsulotlar bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rganilib, narxlarning barqarorligi va mahsulotlar yetarliligiga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Mazkur o‘rganishlar aholini sifatli va zarur iste’mol mahsulotlari bilan ta’minlash, bozorlarda narx-navoning barqarorligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni aniqlashga qaratilgan.

Slide 1 of 2