35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Aholi muammolari va obodonlashtirish masalalari o`rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI: AHOLI MUAMMOLARI DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
EKOLOGIK TARG‘IBOT VA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
DEPUTAT AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANIB, OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARINI OLIB BORMOQDA
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT VA KOTIBIYAT XODIMI NOGIRONLIGI BO‘LGAN SAYLOVCHILAR HOLIDAN HABAR OLDI
BOLAJONLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR!

#deputat_tashabbusi #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️BOLAJONLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR!

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Umid Sanakulov tashabbusi bilan Shayxontohur tumani 33-Beltepa saylov okrugidagi “Beltepa”, “Bo‘ston”, “Ibn Sino”, “Katta Jarariq” va “Yangi Jarariq” mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan bildirilgan murojaatlar asosida zamonaviy va xavfsiz bolalar maydonchalarini barpo etish ishlari boshlandi.

🔺 Mazkur bolalar maydonchalari hududlarda bolalar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom va faol turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash bilan birga, mahallalarning obodonligini yanada yaxshilash va yashil hududlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

📁 Ushbu ishlar Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan belgilangan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilmoqda. Deputat tashabbusi hamda aholi murojaatlari asosida hayotga tatbiq etilayotgan mazkur loyihalar mahallalarda istiqomat qiluvchi bolajonlar uchun zamonaviy, qulay va xavfsiz sharoitlar yaratishga qaratilgan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1