35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Aholi muammolari va obodonlashtirish masalalari o`rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI: AHOLI MUAMMOLARI DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
Hokim yordamchisi va ijtimoiy xodim faoliyati — deputatlik nazoratida

Shu doirada Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar okrug hududidagi “Turon” mahallasida bo‘lib, mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi hamda ijtimoiy xodimning faoliyati bilan tanishdilar.

O‘rganish davomida mas’ullar bilan tegishli qonun hujjatlari asosida tuzilgan savolnomalar yuzasidan suhbat o‘tkazilib, ularning xizmat vazifalarini bajarish holati tahlil qilindi.

Hokim yordamchisi faoliyati bo‘yicha:

mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi ishlar;
aholi, ayniqsa, ishsiz fuqarolarni bandlikka yo‘naltirish;
daromad manbalarini ko‘paytirishga ko‘maklashish;
tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash;
fuqarolarning iqtisodiy muammolarini aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Ijtimoiy xodim faoliyati bo‘yicha:

ijtimoiy xizmatga ehtiyoji bo‘lgan fuqarolarni aniqlash;
ehtiyojmand oilalar va shaxslar bilan individual ishlash;
fuqarolarning ijtimoiy muammolarini o‘rganish;
zarur hollarda ularni tegishli ijtimoiy xizmatlarga yo‘naltirish;
ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va samaradorligini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mas’ullarning fuqarolar bilan muloqoti, murojaatlar bilan ishlash tartibi, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda mahalla aholisi uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — mahallalarda aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni manzilli hal etish hamda ijtimoiy va iqtisodiy xizmatlarning sifatini yaxshilashdan iborat.