35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputat va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

❗️Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Alisher Sharipov «Olmos» va «Qalqon» mahallalarida faoliyat yuritayotgan yozgi oromgoh ishtirokchilari bilan uchrashdi.

📌Uchrashuv “Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekiston poydevori” mavzusida tashkil etilib, unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy armiyaning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ta’lim-tarbiya, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish masalalari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.

✅Tadbir davomida yoshlarning fikr va mulohazalari tinglanib, ularning bilim olishga intilishi, Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shishi hamda mamlakat taraqqiyotida faol ishtirok etishi muhim ekani ta’kidlandi.

🤝 Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, yoshlarni vatanparvarlik, fidoyilik va yurt taraqqiyotiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.

Slide 1 of 1