Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati S. Allayorov Davlat dasturi ijrosi doirasida tumanda yangidan foydalanishga topshirilgan Yoshlar markazi faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida Yoshlar ishlari agentligi uchun markazda yaratilgan shart-sharoitlar, yoshlar uchun taqdim etilayotgan imtiyoz va preferensiyalar, shuningdek, yosh avlodning jamiyat hayotida faol ishtirokini ta’minlash borasidagi imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.
Deputat tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan bunday sharoitlar ularning bilim, tashabbus va salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga muhim turtki berayotgani alohida ta’kidlandi.