“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali direktori E.Mamasoliev:
📊 Samarqand viloyatida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) izchil rivojlantirilmoqda.
Bugungi kunda viloyat bo‘yicha 1 milliondan ortiq zamonaviy elektr hisoblagichlar ASKUE tizimiga ulangan. Joriy yil boshidan buyon yana 17 mingdan ortiq yangi hisoblagich tizimga integratsiya qilindi.
💡 Hisoblagichlar bilan aloqa sifatini yaxshilash maqsadida 39 mingdan ortiq qurilmaning doimiy aloqasi tiklandi. Bundan tashqari, “Smart APP” mobil ilovasi orqali 141 mingdan ziyod hisoblagich ma’lumotlari billing tizimiga uzatildi.
🔍 Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha nazorat kuchaytirildi. Natijada joriy yilning dastlabki olti oyida 6 mingdan ortiq qoidabuzarlik holatlari aniqlanib, qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.