35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Aholi muammolari va obodonlashtirish masalalari o`rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI: AHOLI MUAMMOLARI DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
EKOLOGIK TARG‘IBOT VA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
DEPUTAT AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANIB, OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARINI OLIB BORMOQDA
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT VA KOTIBIYAT XODIMI NOGIRONLIGI BO‘LGAN SAYLOVCHILAR HOLIDAN HABAR OLDI
Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi

Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o'tkazildi

🔹Aholining turmush sharoitini yaxshilash, mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish hamda "Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–17-son "Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to'g'risida"gi Farmoni asosida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

🔹Mazkur Farmon ijrosini ta'minlash maqsadida Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining 2026-yil 26-maydagi VII-20-19-11-158-K/26-sonli qarori bilan Guliston, M. Topiboldiyev, Amirobod, Polvonobod, Ar. Roshidoniy, Miskin, Pastki Beshkapa hamda Xo'ja Ilg'or mahallalaridagi ichki ko'chalarning asfaltlashtirilmagan qismlarini asfaltlashtirish uchun zarur mablag'lar ajratilishi tasdiqlangan.

🔹 Mazkur qaror ijrosi ustidan deputatlik nazoratini ta'minlash maqsadida Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining" Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo'yicha" doimiy komissiyasi a'zosi J. Mamajonov, Kengash kotibiyati mudiri A. Sobirov, O'zLiDeP Rishton tuman Kengashi ijro apparati rahbari R.Kamolov tomonidan Polvonobod va Amirobod mahallalari raislari ishtirokida joylarda nazorat-tahlil va o'rganish ishlari olib borildi.

🔹 O'rganish jarayonida yo'l qurilish ishlarining belgilangan loyiha va me'yoriy talablar asosida olib borilayotgani, qurilish materiallarining sifati, ajratilgan mablag'larning maqsadli va samarali sarflanishi hamda ishlarning shaffof tashkil etilishiga alohida e'tibor qaratildi.

🔹Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o'rganishlar amalga oshirilayotgan loyihalarning sifatli bajarilishini ta'minlash, ajratilgan mablag'lardan oqilona foydalanish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1