35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Aholi muammolari va obodonlashtirish masalalari o`rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI: AHOLI MUAMMOLARI DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 6-avgust kuni Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani tuman Kengashi raisi boshqarib bordi.
Sessiya kun tartibiga o'n to‘rtta dolzarb masala kiritilib, ularning barchasi deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi. Xususan, tuman hokimining aholi murojaatlari bilan ishlash holati, tumandagi kriminogen vaziyat hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2026-yilning olti oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurorining axboroti, tuman hokimligida ijro intizomini mustahkamlash, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi ko'rib chiqildi. Shuningdek, adliya bo‘limining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha axboroti, O‘zbekiston mahallasi Cho‘tqara massivining qayta tuzatish kiritilgan bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalarini tasdiqlash masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, sessiyada tumanda investitsiyalarni o‘zlashtirish, eksport va mahalliy sanoat bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi, mahalliy budjetning 2026-yil ikkinchi chorakdagi ijrosi hamda qo‘shimcha manbalar hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish, "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari atroflicha tahlil etildi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar, shuningdek, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish va suv resurslaridan oqilona foydalanish holati yuzasidan mas'ullarning hisobotlari tinglandi.
Sessiya davomida muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 5