35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputatning navbatdagi qabuli
янв.21
Deputat so‘rovi o‘z natijasini berdi:
янв.21
Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda
янв.21
Deputat aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
Deputat aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: Aholi farovonligi va munosib turmush sharoiti yo‘lida
янв.21
Og‘ir mahalla taifasidagi hududlarda olib borilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida «Xalqlar do‘stligi kuni» keng nishonlandi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi qarori bilan tumanda qator muhim sohalarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratildi.
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati M.Urazbayev hududdagi muammolarni o‘rganmoqda
Kadastr agentligi faoliyati o‘rganildi

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Shermatov tomonidan o‘ziga biriktirilgan tuman Kadastr agentligi faoliyati tuman Kengashi kotibiyati mudiri G. Bobojonova bilan birgalikda o‘rganildi. O‘rganish jarayonida Kadastr agentligi tomonidan aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari, yer va ko‘chmas mulk ob’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, murojaatlar bilan ishlash hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning ijrosi yuzasidan olib
borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, sohada raqamlashtirish jarayonlari, davlat xizmatlari sifatini yanada oshirish, fuqarolar uchun qulayliklar yaratish va qonunchilik talablarining ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. O‘rganish davomida mavjud ishlar tahlil qilinib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish, aholi
murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli hal etish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yuksaltirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini muntazam o‘rganib borish,
mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etishga ko‘maklashish orqali davlat organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
 

Slide 1 of 4