35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
Deputat aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: Aholi farovonligi va munosib turmush sharoiti yo‘lida
янв.21
Og‘ir mahalla taifasidagi hududlarda olib borilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida «Xalqlar do‘stligi kuni» keng nishonlandi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi qarori bilan tumanda qator muhim sohalarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratildi.
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati M.Urazbayev hududdagi muammolarni o‘rganmoqda
янв.21
Xalq manfaati – amalda!
янв.21
Aholi murojaati va xavfsizlik — e’tiborda!
янв.21
#Haftalik_dayjest (2026-yil 27-31-iyul kunlari)
“Do‘stlik” mahallasidagi muammolar joyida o‘rganildi

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 11-“Do‘stlik” saylov okrugi deputati S.Xodjayeva, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov hamda “Do‘stlik” mahallasi faollari ishtirokida mahalla hududidagi mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.
O‘rganish jarayonida mahalla hududining obodonlashtirish va infratuzilma holati, ichki yo‘llar, hududni toza saqlash, kommunal xizmatlar, aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda fuqarolarni qiynayotgan boshqa dolzarb masalalarga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahalla faollari va fuqarolar bilan suhbatlar davomida hududda yechimini kutayotgan muammolar, aholining taklif va mulohazalari tinglandi. Har bir masala yuzasidan muammoning kelib chiqish sabablari, uni bartaraf etish imkoniyatlari hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan choralar muhokama qilindi.
Deputat tomonidan aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, aholining murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik va muammolarning ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borish zarurligi ta’kidlandi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, hududdagi mavjud shart-sharoitlarni yaxshilash hamda aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan tegishli takliflar shakllantirildi.
Deputatning mahallaga chiqib, muammolarni bevosita joyida o‘rganishi — aholi bilan ochiq muloqot va amaliy natijaga yo‘naltirilgan deputatlik faoliyatining muhim ko‘rinishidir.

Slide 1 of 3