35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputatning navbatdagi qabuli
янв.21
Deputat so‘rovi o‘z natijasini berdi:
янв.21
Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda
янв.21
Deputat aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
Deputat aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: Aholi farovonligi va munosib turmush sharoiti yo‘lida
янв.21
Og‘ir mahalla taifasidagi hududlarda olib borilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida «Xalqlar do‘stligi kuni» keng nishonlandi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi qarori bilan tumanda qator muhim sohalarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratildi.
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati M.Urazbayev hududdagi muammolarni o‘rganmoqda
Deputat “Dolzarb 40 kun” doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Kamalov tomonidan tumanning “Barraj” mahallasida "Dolzarb 40 kun" tadbirlari doirasidagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining borishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallalarda aholi uchun qulay va ozoda muhit yaratish, ko‘chalar, ichki yo‘llar hamda temir yo‘l yoqalarini tartibga keltirish, ariq va zovurlarni tozalash, noqonuniy chiqindilarni bartaraf etish, daraxt va gul ko‘chatlarini parvarishlash, ko‘p qavatli uylar atrofini obodonlashtirish ishlarining bajarilish holati tahlil qilindi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli kommunal xizmatlar va mas’ul idoralar vakillariga amaliy tavsiyalar hamda topshiriqlar berildi. Kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, aholi uchun yanada obod va xavfsiz muhit yaratish, hududlarning sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5