35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputatning navbatdagi qabuli
янв.21
Deputat so‘rovi o‘z natijasini berdi:
янв.21
Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda
янв.21
Deputat aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
Deputat aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: Aholi farovonligi va munosib turmush sharoiti yo‘lida
янв.21
Og‘ir mahalla taifasidagi hududlarda olib borilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida «Xalqlar do‘stligi kuni» keng nishonlandi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi qarori bilan tumanda qator muhim sohalarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratildi.
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati M.Urazbayev hududdagi muammolarni o‘rganmoqda
ISTIROHAT MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol

ISTIROHAT MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-iyul kuni “Mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar hamda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida biriktirilgan mas’ullar ro‘yxatiga asosan, Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "12-Nazarbek" saylov okrugi deputati, Kengashning agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Avaz Xudayberganov tomonidan Istirohat mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

📇 O‘rganish davomida "mahalla yettiligi" a’zolarining faoliyati, hududdagi mavjud muammolar va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati ko‘rib chiqildi. Bugungi kunda mahallada 4 260 nafar aholi istiqomat qilishi, 15 ta ko‘cha, 508 ta xonadon va 1 480 ta oila mavjudligi ma’lum qilindi.

📈 Hududdagi infratuzilma holati ham ko‘zdan kechirilib, mahalladagi 4 ta elektr transformator punkti (TP)ning texnik holati yaxshi ekani qayd etildi. Shuningdek, barcha gaz taqsimlash punktlari (GTP)ning texnik holati ham qoniqarli ekani aniqlandi. Mahalladagi tor ko‘chalar — Yakdil va Shoir ko‘chalarida elektr simlarini zamonaviy SIP kabellariga almashtirish ishlari davom etayotgani ma’lum qilindi.

💬 O‘rganish davomida mahalla raisi Ahrol Mahmudov, hokim yordamchisi Farhod Botirov, ijtimoiy xodim Umida Haitova, xotin-qizlar faoli Dilbar Abdullayeva, profilaktika inspektori Umid Karimov hamda mahallaga “Ipak Yo‘li Bank” tomonidan biriktirilgan xodim Qahramon Ibragimovning faoliyati yuzasidan ham fikr almashildi. Yoshlar yetakchisi lavozimi hozirda vakant ekani qayd etildi.

📈 O‘rganish yakunida hududdagi mavjud masalalarni tizimli hal etish, mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazoratida davom ettirilishi belgilandi.

Slide 1 of 7