35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Aholi muammolari va obodonlashtirish masalalari o`rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI: AHOLI MUAMMOLARI DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
EKOLOGIK TARG‘IBOT VA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
DEPUTAT AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANIB, OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARINI OLIB BORMOQDA
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
#haftalik_ish_reja #madad_nnt #deputat_faoliyati #fuqarolar_tashabbusi 🗣Fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, uy-joy masalalariga huquqiy yechimlar izlandi

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirov hamda Davlat kadastrlari palatasi Termiz shahar filiali direktor o‘rinbosari B.Rahmonqulov ishtirokida “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining Termiz shahar huquqiy maslahat byurosida fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi uy-joy va ko‘chmas mulk masalalari, jumladan, uy-joy hujjatlarini rasmiylashtirish, kadastr masalalari, mulk huquqini belgilash va mavjud huquqiy muammolarni hal etish bilan bog‘liq bo‘ldi.
Murojaat qilgan fuqarolarning har bir masalasi mas’ullar tomonidan alohida tinglanib, amaldagi tartib-taomillar va qonunchilik talablari asosida tushuntirishlar berildi. Ayrim murojaatlar bo‘yicha zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, tegishli tashkilotlarga murojaat qilish hamda muammoni qonuniy tartibda hal etish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.
Shuningdek, fuqarolarga uy-joy va kadastr bilan bog‘liq masalalarda huquqiy savodxonlikni oshirish, hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish va turli muammolarning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Bunday qabullarning muntazam tashkil etilishi aholining o‘z muammosi bilan bevosita mutasaddi va vakolatli tashkilotlarga murojaat qilish imkoniyatini kengaytirib, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Fuqarolar murojaati — e’tibor va nazoratda. Har bir murojaat ortida inson taqdiri va manfaatlari turibdi.