35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Aholi muammolari va obodonlashtirish masalalari o`rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI: AHOLI MUAMMOLARI DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
EKOLOGIK TARG‘IBOT VA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
DEPUTAT AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANIB, OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARINI OLIB BORMOQDA
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
Ijtimoiy xizmatlar sifati deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich “Ekspert guruhi” a’zosi M.Mamutov bilan birgalikda “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–641, 2020-yil 15-oktyabr) ijrosi yuzasidan nazorat o‘tkazdi.

🔍 O‘rganish davomida Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi tomonidan fuqarolarga birlamchi hamda qayta nogironlik guruhini belgilash maqsadida tashkil etilgan tibbiy ko‘rik jarayonlari joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

🤝 Shuningdek, tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan suhbatlashilib, ularga yaratilgan sharoitlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi yuzasidan fikrlari tinglandi. Tibbiyot xodimlari bilan ham amaldagi tartib va xizmat ko‘rsatish samaradorligi muhokama qilindi.

📋 O‘rganish yakunida qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish hamda ehtiyojmand shaxslar uchun qulay sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash ustidan tizimli nazorat — Kengash faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.