35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Aholi muammolari va obodonlashtirish masalalari o`rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI: AHOLI MUAMMOLARI DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
EKOLOGIK TARG‘IBOT VA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
DEPUTAT AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANIB, OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARINI OLIB BORMOQDA
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida Qonun ijrosi o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi huzurida tashkil etilgan deputatlar, ekspert guruhi a'zolari, yoshlar maslaxat guruhi a'zolari, Adliya bo‘limi mas'ul xodimlari jalb etilgan ishchi guruh tomonidan savolnoma asosida O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida quyidagi kamchilik va muammolar aniqlandi:

Qonunning 8-moddasi talabiga muvofiq tuman ko‘chalari va xo‘jalik yo‘llarida yo‘l harakatini tashkil etish bo‘yicha kompleks dastur ishlab chiqilmagan hamda tuman Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etilmagan.

Qonunning 8- va 24-moddalari talablariga asosan tuman va xo‘jaliklararo yo‘llar, shuningdek shaharcha ko‘chalaridagi to‘xtab turish joylari, jumladan pulli avtoturargohlar reyestri shakllantirilmagan.

Qonunning 33-moddasi talablariga ko‘ra xizmat ko‘rsatish obyektlarida yo‘l harakati ishtirokchilari uchun zarur axborotlar, ya’ni eng yaqin sog‘liqni saqlash va aloqa muassasalari hamda yo‘llardagi xavfsiz harakat sharoitlari haqidagi ma’lumotlar qisman o‘rnatilgani aniqlandi.

Shuningdek, o‘rganish natijasida quyidagi amaliy choralarni ko‘rish zarurligi qayd etildi:

Mustaqillik ko‘chasining 500 metr qismiga qarama-qarshi yo‘nalishlarni ajratuvchi temir to‘siq o‘rnatish;

O‘zaro tutashgan chorrahalarda asosiy yo‘l belgilarini o‘rnatish;
Piyodalar o‘tish yo‘laklariga yoritish chiroqlarini o‘rnatish;
Tumandagi barcha piyodalar o‘tish yo‘laklarini qayta bo‘yash.

Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlar ishtirokida Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilinishi belgilandi.

Slide 1 of 8