35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishning muhim huquqiy kafolati
янв.21
E-Kengash: murojaatlar, qarorlar va so‘rovlar nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
“E-Kengash” portali orqali kelib tushayotgan murojaatlar va deputat so‘rovlari qat’iy nazoratda
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Haftalik rejaga muvofiq, deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Deputatlik nazorati: yangi amfiteatr qurilishi
янв.21
Deputati hududdagi muammolarni o‘rgandi.
#nazorat #o'rganish

Olmaliq shahrida aholi farovonligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlar tomonidan joyiga chiqqan holda tizimli ravishda oʻrganib borilmoqda.
Kuni kecha Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashiga 2-"Tinchlik" saylov okrugidan saylangan deputat Abdujabbor Djurayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Muhriddin Begmatov tomonidan shaharining "Navro'z" mahallasida navbatdagi nazorat tadbiri oʻtkazildi.

Ishchi guruh tomonidan mahalla raisi hamda hokim yordamchisining faoliyati atroflicha tahlil qilinib, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hujjatlari koʻzdan kechirildi:
💼Bandlik va tadbirkorlik: Mahallada ishsiz fuqarolar bandligini taʼminlash, aholini tadbirkorlikka jalb qilish borasidagi amaliy ishlar ahvoli;
✍️Prezident qarorlari ijrosi: Muhtaram Prezidentimizning PQ-1-sonli qarori doirasida mahallada belgilangan vazifalarning hayotga tatbiq etilishi;
✍️Fuqarolar murojaatlari: Aholi tomonidan kelib tushgan murojaatlarning oʻz vaqtida va sifatli hal etilishi darajasi.
💬 Deputat munosabati: > "Mahalla — islohotlarning bosh mezonidir. Hokim yordamchisi va mahalla raisining hamkorlikdagi toʻgʻri ishi har bir oila farovonligida aks etishi kerak. Fuqarolarimiz murojaatlari ortida inson taqdiri yotibdi, shuning uchun har bir masalaga chuqur tahlil va masʼuliyat bilan yondashish shart."

Oʻrganish yakunlari boʻyicha mahallada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholi bandligini taʼminlash koʻrsatkichlarini yanada yaxshilash va tizimli muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiya hamda koʻrsatmalar berildi.

Slide 1 of 4