35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishning muhim huquqiy kafolati
янв.21
E-Kengash: murojaatlar, qarorlar va so‘rovlar nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
“E-Kengash” portali orqali kelib tushayotgan murojaatlar va deputat so‘rovlari qat’iy nazoratda
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Haftalik rejaga muvofiq, deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Deputatlik nazorati: yangi amfiteatr qurilishi
янв.21
Deputati hududdagi muammolarni o‘rgandi.
Shayxon mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan "Shayxon" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda Shayxon Poyen ko‘chasi ko‘cha boshisi bilan birgalikda hududda joyiga chiqilgan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Shayxon Poyen ko‘chasidagi mavjud infratuzilma, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar hamda aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Mahalla faollari va ko‘cha vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.

Xususan, faollar tomonidan Shayxon Poyen ko‘chasida joylashgan Markaziy dehqon bozori atrofida ayrim savdo qiluvchilar tomonidan tartibsiz savdo amalga oshirilayotgani, buning natijasida piyodalar va transport harakati uchun noqulayliklar yuzaga kelayotgani hamda hududning sanitariya va jamoat tartibiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi.

Mazkur murojaatni atroflicha o‘rganish yakunida ushbu masala yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish, mas’ul idoralar e’tiborini muammoga qaratish hamda tartibsiz savdoni qonunchilik talablari asosida tartibga solish choralarini ko‘rish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ushbu masala deputat nazoratiga olinib, uning ijobiy yechim topishi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilishi va natijalari bo‘yicha jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etib borilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 8