35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishning muhim huquqiy kafolati
янв.21
E-Kengash: murojaatlar, qarorlar va so‘rovlar nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
“E-Kengash” portali orqali kelib tushayotgan murojaatlar va deputat so‘rovlari qat’iy nazoratda
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Haftalik rejaga muvofiq, deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Deputatlik nazorati: yangi amfiteatr qurilishi
янв.21
Deputati hududdagi muammolarni o‘rgandi.
“Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonun — fuqarolar huquqlarining ishonchli kafolati

O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 8-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-457-sonli “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonuni davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi ma’muriy munosabatlarni tartibga soluvchi muhim huquqiy hujjatlardan biri hisoblanadi.

Mazkur Qonun ma’muriy organlar faoliyatida qonuniylik, ochiqlik, shaffoflik, xolislik va adolatlilik tamoyillarini mustahkamlab, jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi. Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish, ma’muriy qarorlar yuzasidan to‘liq axborot berish, qarorlar ustidan shikoyat qilish huquqini ta’minlash hamda ma’muriy xizmatlar sifatini oshirish ushbu Qonunning asosiy yo‘nalishlaridan biridir.

Qonunning amaliy ijrosi davlat organlari faoliyatining yanada ochiq va samarali bo‘lishiga, fuqarolar bilan o‘zaro ishonchni mustahkamlashga hamda zamonaviy, shaffof davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi