35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
Deputat aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: Aholi farovonligi va munosib turmush sharoiti yo‘lida
янв.21
Og‘ir mahalla taifasidagi hududlarda olib borilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida «Xalqlar do‘stligi kuni» keng nishonlandi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi qarori bilan tumanda qator muhim sohalarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratildi.
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati M.Urazbayev hududdagi muammolarni o‘rganmoqda
янв.21
Xalq manfaati – amalda!
янв.21
Aholi murojaati va xavfsizlik — e’tiborda!
янв.21
#Haftalik_dayjest (2026-yil 27-31-iyul kunlari)
Obodonlashtirish tadbirlari bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom etmoqda

 Yurtimizda hududlarni obodonlashtirish, sanitariya va ekologik madaniyatni yuksaltirish, mahallalarning fayzu tarovatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar izchil amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J. Ismonova, Namuna mahalla fuqarolar yig‘ini raisi M. Jo‘rayev hamda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh
mutaxassisi G. Abduvositovalar tomonidan Namuna mahallasida uyma-uy yurib targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Targ‘ibot davomida
xonadon egalari bilan muloqot qilinib, aholini obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etishga chaqirildi. Jumladan, xonadonlar va ko‘chalar atrofini ozoda saqlash, gul va manzarali o‘simliklar ekish, daraxtlarni parvarishlash, devor va tandir o‘choqlarini oqlash, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash hamda sanitariya qoidalariga qat’iy amal qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, mahalla hududining ko‘rkamligi va tozaligi har bir fuqaroning fuqarolik mas’uliyati hamda umumiy sa’y-harakatlari orqali ta’minlanishi ta’kidlandi. Obod va ozoda mahalla – sog‘lom turmush tarzi, qulay yashash muhiti va yurt taraqqiyotining muhim omillaridan biri ekani qayd etildi. Tadbir davomida aholi tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar ham tinglanib, ularni hal
etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Obodon va fayzli mahalla barchamizning umumiy maqsadimizdir. Shu bois har bir fuqaroning bu ezgu ishlardagi faol ishtiroki mahallalarimiz yanada go‘zal va yashash uchun qulay bo‘lishiga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 8