35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputatning navbatdagi qabuli
янв.21
Deputat so‘rovi o‘z natijasini berdi:
янв.21
Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda
янв.21
Deputat aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
Deputat aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: Aholi farovonligi va munosib turmush sharoiti yo‘lida
янв.21
Og‘ir mahalla taifasidagi hududlarda olib borilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida «Xalqlar do‘stligi kuni» keng nishonlandi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi qarori bilan tumanda qator muhim sohalarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratildi.
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati M.Urazbayev hududdagi muammolarni o‘rganmoqda
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi raisi, tuman Kengashiga 15-Baynalminal saylov okrugidan saylangan deputat Nurmahmatov Sayidali Mahmatqulovich Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov birgalikda Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati Ismailov Abdurashid Xudayarovich saylangan 23-"Chegarachi" saylov okrugiga qarashli "Chegarachi" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi saylovchilarning murojaat va takliflarini tinglash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish hamda mahallada amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan aholi bilan ochiq muloqot qilishdan iborat bo‘ldi.

Dastlab yig‘ilish ishtirokchilariga davlat dasturlari doirasida «Chegarachi» mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish, obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, aholi turmush farovonligini yuksaltirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ijtimoiy obyektlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida ham to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv davomida tuman Kengashi raisi Nurmahmatov Sayidali Mahmatqulovich, mahalliy Kengashning asosiy vazifalari, deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hamda 2026-yil boshidan buyon o‘tkazilgan Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi sessiyalarida ko‘rib chiqilgan dolzarb masalalar yuzasidan qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’lumot berdi. Xususan, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash hamda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati keng tushuntirildi.

Muloqot davomida mahallada amalga oshirilgan va kelgusida rejalashtirilgan ishlar, jumladan elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, yo‘l va kommunal xizmatlar sifatini oshirish, aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda fuqarolar tomonidan ichimlik suvi, elektr ta’minoti, yo‘llarni ta’mirlash, kommunal xizmatlar sifati, aholi bandligi hamda mahalla infratuzilmasini yanada takomillashtirishga oid qator murojaat va takliflar bildirildi. Har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi hamda ijrosi deputatlik nazoratiga olinishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 9