35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishning muhim huquqiy kafolati
янв.21
E-Kengash: murojaatlar, qarorlar va so‘rovlar nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
“E-Kengash” portali orqali kelib tushayotgan murojaatlar va deputat so‘rovlari qat’iy nazoratda
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Haftalik rejaga muvofiq, deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Deputatlik nazorati: yangi amfiteatr qurilishi
янв.21
Deputati hududdagi muammolarni o‘rgandi.
янв.21
Hamkorlik va deputatlik nazorati yanada kuchaytirilmoqda
DEPUTAT TOMONIDAN KO‘P QAVATLI UYLAR VA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi deputati, doimiy komissiya raisi Maxmudova Baxtinisa Zuxriddinovna mahalla yoshlar yetakchisi S. Ismoilov bilan birgalikda o‘zi saylangan saylov okrugi hududidagi Istiqbol MFY, A.Navoiy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli turar joylarning holatini o‘rgandi. O‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uylarni boshqaruvchi kompaniyalar faoliyati samaradorligi, uylarning ichki yo‘laklari (pod’yezdlari) holati, yerto‘lalarning saqlanishi va texnik ahvoli, uylar atrofidagi hududlarning tozaligi va obodonlashtirilganlik darajasi, shuningdek, tungi yoritish tizimining ishlash holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.Shuningdek, ko‘p qavatli turar joylarda istiqomat qiluvchi aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning mavjud muammolari, taklif va ehtiyojlari tinglandi. Xususan, ko‘cha boshlig‘i U.Qoraboyev tomonidan yoz mavsumida ko‘p qavatli uyning yuqori qavatlariga, xususan, 4-qavatga suv bosimi pastligi sababli suv yetarli darajada chiqmayotgani muammo sifatida ko‘tarildi.Bildirilgan masala yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammoni bartaraf etish va amaliy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.Tadbir davomida fuqarolarga ko‘p qavatli uy-joylar atrofi hamda umumiy foydalanishdagi hududlarni ozoda saqlash, obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etish, shuningdek, har bir fuqaro o‘zi yashayotgan hududning tozaligi va obodligi uchun birdek mas’ul ekanligi alohida qayd etildi.  

Slide 1 of 5