35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishning muhim huquqiy kafolati
янв.21
E-Kengash: murojaatlar, qarorlar va so‘rovlar nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
“E-Kengash” portali orqali kelib tushayotgan murojaatlar va deputat so‘rovlari qat’iy nazoratda
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Haftalik rejaga muvofiq, deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Deputatlik nazorati: yangi amfiteatr qurilishi
янв.21
Deputati hududdagi muammolarni o‘rgandi.
DEPUTAT SO‘ROVI

Mahalliy budjet daromadlari bazasini kengaytirish – deputat nazoratida
📅 Sana: 2026-yil 24-iyul
📄 Raqam: 120-ds-448-26
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Xolboyev Oybek Madaminovich tomonidan Shovot tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i I. Sultanov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.
So‘rovning maqsadi
Hududning moliyaviy salohiyatini oshirish, mahalliy budjet daromadlari bazasini kengaytirish hamda qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish.
So‘rovda quyidagi ma’lumotlar talab etildi:
📌 Shovot tumanida mahalliy budjet daromadlari bazasini kengaytirish bo‘yicha aniqlangan zaxiralar;
📌 2024–2026-yillar davomida qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari;
📌 Soliq bazasini kengaytirish, yangi tadbirkorlik subyektlarini jalb etish hamda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar;
📌 Foydalanilmayotgan yer maydonlari, bino va inshootlar hamda boshqa mol-mulk obyektlaridan samarali foydalanish holati;
📌 Mahalliy budjetga qo‘shimcha tushumlarni ta’minlashda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar;
📌 Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-iyundagi 445-son qarori ijrosi doirasida tuzilgan ishchi guruhlar faoliyati hamda monitoring natijalari.
Muhim
⏳ Deputat so‘rovi qonunchilikka muvofiq ko‘rib chiqilishi va 10 kun muddatdan kechiktirmasdan barcha tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda asoslantirilgan yozma javob taqdim etilishi so‘ralgan.
⚖️ Eslatma: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasi talablariga ko‘ra, deputat so‘rovini ko‘rib chiqmaslik, javob berish muddatini buzish yoki bila turib noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etish mansabdor shaxsning qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarligiga sabab bo‘ladi.