35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishning muhim huquqiy kafolati
янв.21
E-Kengash: murojaatlar, qarorlar va so‘rovlar nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
“E-Kengash” portali orqali kelib tushayotgan murojaatlar va deputat so‘rovlari qat’iy nazoratda
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Haftalik rejaga muvofiq, deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Deputatlik nazorati: yangi amfiteatr qurilishi
янв.21
Deputati hududdagi muammolarni o‘rgandi.
янв.21
Hamkorlik va deputatlik nazorati yanada kuchaytirilmoqda
Kengash_faoliyati
🏛 “Xalqparvar” komissiyasi o‘rganishlari: Maqsad — sifat va shaffoflik!

✅Bandixon tumanida aholi uchun zamonaviy va shinam uy-joylar barpo etilishi diqqat markazida.

✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasi a'zosi, Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi bosh mutaxassisi E.Eshonqulov ishtirokida tuman markazidagi “Bandixon” mahallasida qad rostlayotgan ko'p qavatli turar joy binosining qurilish jarayoni ko‘zdan kechirdi.

✅ Loyiha haqida qisqacha:
✅ Quruvchi tashkilot: “Shukrona-Marvarid-Donolari” X/K
✅ Bino parametrlari: 5 qavatli, 50 ta xonadondan iborat zamonaviy turar joy majmuasi.
✅ Topshirilish muddati: Joriy yilning III choragi yakunida to‘liq foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

✅ Asosiy e'tibor — xalqaro standartlarga! O‘rganish davomida loyiha doirasida olib borilayotgan ishlarning sifati va ularning xalqaro talablarga mosligi atroflicha tahlil qilindi.

✅Qurilish jarayonida muammoli masalalar deputat tomonidan tinglanib, ularning har biri deputatlik nazoratiga olinishi uchun deputat o'zining murojaatlar daftariga qayd etdi.

"Qurilish ishlarining sifatli bajarilishi va belgilangan muddatda yakunlanishi aholimiz farovonligi uchun o‘ta muhim. Bu jarayon komissiyamiz tomonidan doimiy nazoratga olingan," — deya ta’kidladi komissiya a'zosi, Kengashi bosh mutaxassisi E.Eshonqulov.
”Bugun amalga oshirilayotgan har bir bunyodkorlik va yangilanish ishlari — inson manfaatlari, xalqimizning farovon va osoyishta hayoti uchun xizmat qiladi. Hududlarda infratuzilmani yaxshilash orqali kelajak avlodlar uchun mustahkam poydevor yaratilmoqda.

✅Shaffoflik va sifat — xalqimiz manfaati uchun bosh mezon!
Slide 1 of 5