35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Aholi muammolari va obodonlashtirish masalalari o`rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI: AHOLI MUAMMOLARI DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
EKOLOGIK TARG‘IBOT VA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
DEPUTAT AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANIB, OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARINI OLIB BORMOQDA
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT VA KOTIBIYAT XODIMI NOGIRONLIGI BO‘LGAN SAYLOVCHILAR HOLIDAN HABAR OLDI
“DAVLAT YER KADASTRI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI JAMOATCHILIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 19-“Chashma” saylov okrugidan saylangan deputati Xojiboyev Jalol Xotamboyevich tomonidan jamoatchilik nazorati doirasida O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil
28-avgustdagi “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi 666-I-son Qonuni ijrosi yuzasidan Kadastr agentligi Parkent tumani bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish deputat tomonidan mazkur Qonun hamda sohaga oid qonunosti hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qarorlarida belgilangan vazifa va normalardan kelib chiqib tuzilgan savolnoma asosida olib borildi.O‘rganish jarayonida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Mirzayev Dilshod Ruxutdin o‘g‘li ham ishtirok etdi.O‘rganish davomida Davlat kadastrlari palatasi Parkent tuman filiali boshlig‘i D.Abduraxmonov bilan suhbat o‘tkazilib, suhbat jarayonida davlat yer
kadastrini yuritish, yer uchastkalariga oid ma’lumotlarni shakllantirish va yangilab borish, kadastr hujjatlarini amaldagi qonunchilik talablari asosida yuritish, yer fondidan oqilona va samarali foydalanish hamda kadastr
ma’lumotlarining aniqligi va ishonchliligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan savollar berilib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar haqida batafsil ma’lumotlar olindi.O‘rganish yakunida qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, davlat yer kadastriga oid ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligini oshirish hamda sohada mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.Mazkur yo‘nalishdagi ishlar jamoatchilik nazorati doirasida kelgusida ham kuzatib borilishi ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 3