35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Aholi muammolari va obodonlashtirish masalalari o`rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI: AHOLI MUAMMOLARI DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR HAMKORLIGI
янв.21
EKOLOGIK TARG‘IBOT VA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
DEPUTAT AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANIB, OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARINI OLIB BORMOQDA
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT VA KOTIBIYAT XODIMI NOGIRONLIGI BO‘LGAN SAYLOVCHILAR HOLIDAN HABAR OLDI
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Y.Narbekov tomonidan tumanning “Boyterak” mahallasiga biriktirilgan T.Mamirovning yoshlar bilan ishlash tizimi o‘rganildi.

O‘rganish davomida yoshlar yetakchisi tomonidan mahalladagi yoshlar kesimida shakllantirilgan ma’lumotlar bazasi, ishsiz yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, doimiy ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar va ularga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam holati ham muhokama qilindi.

Tahlil jarayonida mahalladagi bitiruvchi yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari, abituriyentlar bilan olib borilayotgan targ‘ibot ishlari, test sinovlariga tayyorgarlik jarayonlari hamda ta’limga qamrovni oshirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi. Oliy ta’limga qiziqishi yuqori bo‘lgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni imtiyoz va grant imkoniyatlari haqida keng xabardor qilish zarurligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, ishsiz yoshlarning har biri kesimida aniq manzilli rejalar ishlab chiqish, kasb-hunarga o‘qitish markazlariga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlarga imtiyozli kredit va subsidiya imkoniyatlari bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2