35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishning muhim huquqiy kafolati
янв.21
E-Kengash: murojaatlar, qarorlar va so‘rovlar nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
“E-Kengash” portali orqali kelib tushayotgan murojaatlar va deputat so‘rovlari qat’iy nazoratda
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Haftalik rejaga muvofiq, deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Deputatlik nazorati: yangi amfiteatr qurilishi
янв.21
Deputati hududdagi muammolarni o‘rgandi.
янв.21
Hamkorlik va deputatlik nazorati yanada kuchaytirilmoqda
#munosabat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahallalarda mutlaqo yangi boshqaruv muhitini shakllantirish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish hamda aholi muammolarini bevosita joylarda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati sifatida mazkur yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalarni har bir mahallaning rivoji va fuqarolar farovonligini ta’minlash yo‘lidagi muhim islohotlar, deb bilaman. Ayniqsa, mahallalarda bandlikni oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha aniq vazifalarning belgilanishi xalqimiz manfaatlariga xizmat qiladi.

Bugungi kunda deputatlarning asosiy vazifalaridan biri ham mahallalardagi muammolarni o‘z vaqtida o‘rganish, ularni hal etishda “mahalla yettiligi” bilan yaqin hamkorlik qilish hamda qabul qilinayotgan qarorlar ijrosi ustidan samarali deputatlik nazoratini amalga oshirishdan iborat.

Ishonamanki, videoselektorda belgilangan ustuvor vazifalarning izchil amalga oshirilishi mahallalarimiz taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqadi, fuqarolarning hayot sifati va farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.