35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishning muhim huquqiy kafolati
янв.21
E-Kengash: murojaatlar, qarorlar va so‘rovlar nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
“E-Kengash” portali orqali kelib tushayotgan murojaatlar va deputat so‘rovlari qat’iy nazoratda
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Haftalik rejaga muvofiq, deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Deputatlik nazorati: yangi amfiteatr qurilishi
янв.21
Deputati hududdagi muammolarni o‘rgandi.
Kriminogen vaziyatni yaxshilash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari doimiy komissiyalar muhokamasida

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining "Ichki ishlar organlari to‘g‘risida"gi Qonuni hamda Prezidentimizning 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosi doirasida Termiz shahrida kriminogen vaziyatni yaxshilash, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaning oldini olish borasida 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i M.Boltayevning hisobotiniTermiz shahar IIB mas'ul xodimi, mayor A.Salomov o‘qib eshittirdi.

Hisobotda ta'kidlanganidek, Prezidentning PQ–1 va PQ–2-son qarorlari asosida yil boshida jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan 8 ta mahallaga mas'ullar nomma-nom biriktirilib, ularning har biri oldiga hududlarni jinoyatdan holi va xavfsiz maskanga aylantirish vazifasi qo‘yilgan.

Amalga oshirilgan tizimli ishlar natijasida joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida Termiz shahridagi 37 ta mahallaning 15 tasida (40,5 foiz) birorta ham jinoyat sodir etilmadi. Shuningdek, "qizil" toifaga kiruvchi mahallalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 33 foizga qisqarib, shahrimiz ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha viloyatda ijobiy 5-o‘rinni egalladi.

Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan hisobot yuzasidan fikr va takliflar bildirildi, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni yanada mustahkamlash hamda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tayyorlangan qaror loyihasi ma'qullanib, ularni ko‘rib chiqish va yakuniy qaror qabul qilish uchun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 3