35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishning muhim huquqiy kafolati
янв.21
E-Kengash: murojaatlar, qarorlar va so‘rovlar nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
“E-Kengash” portali orqali kelib tushayotgan murojaatlar va deputat so‘rovlari qat’iy nazoratda
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Haftalik rejaga muvofiq, deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Deputatlik nazorati: yangi amfiteatr qurilishi
янв.21
Deputati hududdagi muammolarni o‘rgandi.
Qonun ustuvorligi va ijtimoiy taraqqiyot: "Tuproqqo‘rg‘on"da xotin-qizlar faoli va hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi!
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 15-“Tuproqqo‘rg‘on” saylov okrugi deputati D.Toshboyeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar shahardagi “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida bo‘lib, mahalla faollarining bugungi kundagi faoliyatlari yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlarini olib bordilar.

💬Mazkur o‘rganish jarayonlari deputatlar uchun Oliy Majlis Senati tomonidan belgilangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” tavsiyasi asosida tashkil etildi. Tahlil doirasida "mahalla yettiligi"ning eng muhim bo‘g‘inlari — xotin-qizlar faoli hamda hokim yordamchisining faoliyati tegishli qonun hujjatlari asosida ko‘rib chiqildi.

💬Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi OʻRQ-561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablaridan kelib chiqib, quyidagilar tahlil qilindi:

🟢Tazyiq va zo‘ravonlik profilaktikasi: Mahallada tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan yoki shunday xavf ostida bo‘lgan xotin-qizlarni barvaqt aniqlash hamda profilaktika inspektori bilan hamkorlikda ularga "Himoya orderi" rasmiylashtirilishiga ko‘maklashish holati;

🟢Nizoli oilalar bilan manzilli ishlash: Ajrim yoqasiga kelib qolgan notinch oilalar bilan ishlash, oilaviy nizolarni bartaraf etish va ularni sog‘lomlashtirish choralari samaradorligi.

💬Hokim yordamchisi faoliyati — “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonun doirasida:

🟢Aholi bandligini ta’minlash: Mahallada ishsiz fuqarolar, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarni doimiy daromad manbaiga ega qilish borasidagi amaliy ishlar;

🟢Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash: Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratilishining maqsadliligi, xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar samaradorligi tahlil qilindi.

💬"Xotin-qizlar faoli va hokim yordamchisining faoliyati qog‘ozdagi hisobotlar uchun emas, balki mahalladagi har bir ayolning xavfsizligi, har bir oilaning farovonligi va tadbirkorning rivojlanishi uchun xizmat qilishi lozim. Biz deputat sifatida ushbu qonun talablarining "Tuproqqo‘rg‘on" mahallasida amalda to‘liq bajarilishini qat’iy nazorat qilib boramiz," — deya ta'kidladi deputat.

🫥O‘rganishlar yakunida aniqlangan uslubiy masalalarni bartaraf etish, "Tuproqqo‘rg‘on" mahallasida aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishda hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Slide 1 of 2