35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishning muhim huquqiy kafolati
янв.21
E-Kengash: murojaatlar, qarorlar va so‘rovlar nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
“E-Kengash” portali orqali kelib tushayotgan murojaatlar va deputat so‘rovlari qat’iy nazoratda
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Haftalik rejaga muvofiq, deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Deputatlik nazorati: yangi amfiteatr qurilishi
янв.21
Deputati hududdagi muammolarni o‘rgandi.
янв.21
Hamkorlik va deputatlik nazorati yanada kuchaytirilmoqda
Nurobod mahallasida ko‘p qavatli uylar va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda
#24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun


Nurobod mahallasida ko‘p qavatli uylar va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan "23-Haqiqat" saylov okrugi deputati Artur Xaydarov tashabbusi bilan o‘z saylov okrugidagi Nurobod mahallasi hududida joyiga chiqib navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

📁 O‘rganish davomida tuman Kengashi deputatlarining 24 ta tavsiyaviy yo‘nalishi asosida boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari, hovli va unga tutash hududlarning tozaligi, yoritish tizimi, bolalar maydonchalari hamda hiyobonlarning holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

📊 Monitoring jarayonida 8-uy oldidagi katta alleya hududida qurilish chiqindilari to‘planib qolgani aniqlandi. Mazkur kamchilikni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.

📝 Shuningdek, 10-uy oldida joylashgan bolalar maydonchasi holati tanqidiy o‘rganildi. Xususan, “Adeas Group” boshqaruv servis kompaniyasi mas’ullari bilan joyida muhokama o‘tkazilib, maydonchadagi aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha kompaniya rahbariga aniq vazifalar yuklatildi.

🗂 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 7-noyabrdagi O‘RQ–581-son “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari ijrosi ham ko‘rib chiqilib, boshqaruv kompaniyalari zimmasidagi majburiyatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.

💼 Mazkur o‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov ishtirok etdi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va hududdagi obodonlashtirish ishlarini yanada yaxshilash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 8