Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

⚡️23-oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi

🔹Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining 12-Navzandak saylov okrugi deputati D. Sanayeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. G‘afforov tomonidan Navzandak mahallasida joylashgan 23-oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.

🔹O‘rganish davomida tibbiyot xodimlarining ishga o‘z vaqtida kelishi va xizmat vazifalarini bajarishi, bemorlarni ro‘yxatga olish hamda ularga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlari, shuningdek, poliklinikadagi sanitariya va tozalik holati ko‘zdan kechirildi.

🔹Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5