Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi raisi M.Movlanov, Kengash kotibiyati mudiri H.Amanbayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Berdiyarova tomonidan "Yangi hayot" mahallasida joylashgan 16-sonli umumta'lim maktabida PQ-377-sonli qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta'mirlash va rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganishda obyektda amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, sifati hamda belgilangan muddatlarga muvofiqligi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Ma'lum qilinishicha, bugungi kunga qadar loyiha-smeta hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilib, pudrat tashkiloti bilan shartnomalar tuzilgan hamda qurilish-ta'mirlash ishlari jadal sur'atlarda olib borilmoqda. Hozirda obyektda 60 nafar quruvchi mehnat qilmoqda.

Qurilish tasdiqlangan reja-grafik asosida barcha ishlarni 2026-yil 25-avgustga qadar yakunlash rejalashtirilgan.

Slide 1 of 1