Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputat nazorati: Ayritom MFYdagi oilaviy shifokor punktida dori-darmon ta’minoti o‘rganildi

Deputat nazorati: Ayritom MFYdagi oilaviy shifokor punktida dori-darmon ta’minoti o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va dori-darmon ta’minotini ko‘zdan kechirish maqsadida deputatlik o‘rganishlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, tuman Kengashi deputati M.Shernayev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi T.Murodov birgalikda “Ayritom” MFY hududida joylashgan “Yangi hayot” oilaviy shifokor punktida (OSHPy) bo‘ldilar.

O‘rganish davomida mazkur tibbiy muassasada davlat tomonidan aholiga bepul beriladigan dori-darmonlar va tibbiy buyumlarning mavjudligi, ularning saqlanish holati hamda ehtiyojmand fuqarolarga o‘z vaqtida, shaffof tarzda yetkazib berilishi jarayonlari tahlil qilindi. Bu borada aniqlangan holatlar va aholi takliflari asosida tegishli chora-tadbirlar belgilanishi qayd etildi.

Slide 1 of 7