Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati G. Shafoatova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi K. Abdullayeva tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish maqsadida mahallada uyma-uy yurilib, aholi bilan bevosita muloqot qilindi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar diqqat bilan tinglanib, ularning har biri belgilangan tartibda murojaatlar daftariga qayd etildi. Shuningdek, ayrim masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etilishi lozim bo‘lgan murojaatlar nazoratga olindi.

Bunday ochiq muloqotlar aholining muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni bartaraf etish hamda fuqarolar bilan samarali aloqani mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4