Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

#qonun_19_1_modda #deputatlik_faoliyati #xalqaro_hamkorlik #tavsiyalar
#qonun_19_1_modda
#deputatlik_faoliyati
#xalqaro_hamkorlik
#tavsiyalar

Deputat xizmat safari bilan Xitoy Xalq Respublikasida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati J. Do‘stov xizmat faoliyati yuzasidan Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Xizmat safari davomida zamonaviy boshqaruv tajribalari, ilg‘or texnologiyalar, investitsiyalarni jalb etish hamda hududlarni kompleks rivojlantirish yo‘nalishidagi tajribalarni o‘rganish rejalashtirilgan. Olingan bilim va amaliy tajribalarni Kogon shahrida tatbiq etish, yangi tashabbuslarni ilgari surish hamda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga munosib hissa qo‘shish ko‘zda tutilgan.

Mazkur xizmat safari xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni Kogon shahrida samarali joriy etish orqali hudud taraqqiyotiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 4